Issiqxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar rag‘batlantirildi

02.07.2020, 12:07

Issiqxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar rag‘batlantirildi

Mirzaobod tumanida joylashgan “Mirzaobod universal trade cluster” MChJga qarashli 35 gektarlik maydonda barpo etilgan zamonaviy issiqxonada ayni paytda 200 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

 Gidroponika usulidagi issiqxonada hozirgi kunda baqlajon, bulg‘or qalampiri hamda qulupnay kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Mahsulotning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinmoqda.

Issiqxonadagi ish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan. Koreya Respublikasidan olib kelingan zamonaviy jihozlar haroratni, o‘simlikning suv va ozuqaga bo‘lgan talabini chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi. Hamda minerallar bilan boyitilgan suv tomchilatish usulida o‘simlik ildiziga yetkaziladi.

-Issiqxonada ishchi-xizmatchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan, - dedi Sayyora No‘monova. - Ishchi xizmatchilar tushlik vaqtida issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Xotin-qizlarni ishga olib kelish va uyga olib borib qo‘yish uchun tranport xizmati ham namunali yo‘lga qo‘yilgan.

Issiqxonaga tashrif buyurgan O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Sabohat Babayeva pandemiya davrida mehnat qilayotgan xotin-qizlarni karantin tartib-qoidalariga to‘liq amal qilishlari, bu bilan oila a’zolarining sog‘liqlarini asrashlariga  ham alohida e’tibor qaratishlari zarurligini ta’kidladi. Har bir ayol mehnat qilish, oila budjetiga hissa qo‘shish barobarida o‘zini va oilasini pandemiyadan muhofaza qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligini eslatib o‘tdi.

 Issiqxonada qulay mehnat sharoitida ishlayotgan ayollar o‘z oilalari budjetiga hissa qo‘shayotganlaridan va mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan  cheksiz minnatdorliklarini yashirishmadi.

“Mirzaobod universal trade cluster” MChJ boshlang‘ich partiya tashkilotining bir guruh xotin-qizlari partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Dilorom Esonova,

O`zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    116
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+