Farovonliklarning ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi

29.07.2020, 17:17

Farovonliklarning ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi

Baliqchi tumanidagi Farovon mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi zamonaviy uylar qurilganiga ko‘p bo‘lmadi. Xonadonlar bitishi bilan aholi vakillari ko‘chib o‘tishdi. Yangi uyning zavqi boshqacha. Odamlar xursand. Shunday zamonaviy xonadonlarda yashashga nima yetsin!

Biroq bu mamnunlik ko‘pga cho‘zilmadi. Ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlik uy-joy egalarining joniga tegdi. Buzilaverib, uzilishlar bo‘laverib, ta’mirlanaverib, oxiri yangilanishga muhtoj bo‘lib qoldi. Aholining xali u mutusaddiga, xali bu    xomiyga yugurishlari naf bermadi.

Xalq deputatlari Baliqchi tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Malohat Yaqubova, va Sohiba Xudayberdiyevalarning hududlardagi o‘rganishlari davomida mazkur muammo yuzaga chiqdi. Aholi vakillarining kuyib-pishib qilgan murojaatlari deputatlarni befarq qoldirmadi. Masala o‘rinli: suv – obi hayot, uningsiz kunning o‘tishi qiyin...

-Ichimlik suvi muammosini ko‘tarib chiqaverishdan boshqa ishimiz qolmagandi, - deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Sharifa Dehqonova. – Axir suvsiz yashab bo‘ladimi? Yaxshiki, deputatlarimiz bor ekan. Qachondan beri urinib hal qilolmayotgan muammoimizni juda tez hal qilib berishdi. Mana, hozir bu borada umuman qiynalmayapmiz.

Zudlik bilan “Suvoqava” DUKning tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mutasaddilar muammoni o‘rganib, tezkor hal etish choralarini ko‘rishdi. Qancha muddatdan buyon yechimimni topolmayotgan masala 2 kunda bartaraf etilgani quvonchli albatta. Suv nasosi mustahkam ta’mirdan chiqarildi, 200 metr yangi sifatli quvurlar tortildi.

Murojaat qog‘ozda qolib ketmasligi kerak. Bu aslida ishonchning garovi. Yechim topsagina, deputat va saylovchi o‘rtasida ko‘prik paydo bo‘ladi. Deputatga suyanish, ishonish mumkinligi haqiqatga aylanadi.

Dilrabo ISOMIDDINOVA,

O’zLiDeP Bvliqchi tuman

Kengashi ijrochi kotibi.

  • Ko'rildi
    85
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+