O’zLiDeP nomzodi “Yoshlar parlamenti” raisi etib saylandi

11.08.2020, 12:41

O’zLiDeP nomzodi “Yoshlar parlamenti” raisi etib saylandi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Yoshlar parlamenti” raisi va o‘rinbosarlari hamda qo‘mita raislari saylandi.

Jumladan, O’zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan, 1994 yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparat xodimi Boboyev Jamshid Norboy o‘g‘li “Yoshlar parlamenti”ni rais etib saylandi.

Shuningdek, jami "Yoshlar parlamenti" a’zoligiga saylangan yoshlarning eng ko‘pi, ya’ni 79 nafari O’zLiDeP vakillari bo‘lib, ularning uch nafari “Yoshlar parlamenti”ning qo‘mita raislari etib saylandi.

  • Ko'rildi
    354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+