O`zLiDeP “Yoshlar parlamenti”ga saylovlarda yetakchi

12.08.2020, 10:00

O`zLiDeP  “Yoshlar parlamenti”ga  saylovlarda yetakchi

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida ham “Yoshlar parlamenti”ga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Sayxunobod tumanida ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga o‘tkazilgan saylovning yakuniy bosqichida har bir partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘zlarining dasturlarini himoya qilib, siyosiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon qildilar.

 Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga ko‘ra O`zLiDeP a’zosi, Sayxunobod tumani “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi,  ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetining 4-kurs talabasi Dodoyev Sheroz O’rinboy o‘g‘li g‘olib deb topildi.

 Shuningdek,tanlovning partiya Shirin shahar Kengashi tomonidan nomzod etib ko‘rsatilgan “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Shirin shahar filiali bosh mutaxassisi Shahzod Tojiqulov, Yangiyer shahar saralash bosqichida partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod, 14-maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jasur Rahmonberdiyev , Guliston shahar Kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Sirojidinov Maqsudbek Botirjon o‘g‘li kabi yoshlar ham  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga saylovning yakuniy bosqichida g‘olib deb topildi.

- Mamlakatimizda yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi OʼzLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi Apparat rahbari Shohista Bozorboyeva. - Birgina, joriy yilda «Yoshlar parlamenti»ning tashkil etilishi yoshlar hayotidagi muhim voqea-yangiliklardan biri bo‘ldi. «Yoshlar parlamenti» yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etishi ayniqsa, ahamiyatlidir.Biz partiyalar o‘rtasida eng ko‘p o‘rinni  - 4 o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan g‘olib yoshlarimizning partiyamiz g‘oyalarini, maqsad va dasturiy vazifalarini bajarishda, targ‘ib etishda doimo oldingi saflarda bo‘lishiga ishonamiz.

        Dilorom Esonova,

        OʼzLiDeP Sirdaryo  viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+