“Yoshlar parlamenti”ga intiluvchan va tirishqoq yoshlar saylandi

12.08.2020, 15:03

“Yoshlar parlamenti”ga intiluvchan va tirishqoq yoshlar saylandi

Respublikamizning barcha tuman-shaharlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga saylovlar yuqori darajada tashkil etildi.

5 ta siyosiy partiyadan yuksak ma’naviyatli, siyosiy ongi va tafakkuri teran eng kuchli yoshlar nomzod sifatida ko‘rsatildi. Shuningdek, O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashidan ham 19 nafar faol, iqtidorli, o‘qish va ish joyida atrofidagilarga o‘rnak bo‘la oladigan tirishqoq nomzodlar ko‘rsatildi. Ular saylovlar jarayonida o‘z saylovoldi dasturlarini komissiya a’zolariga har tomonlama tushuntirib, himoya qildilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qo‘qon shahridan Ziyodaxon Abdirahimova, Dang‘ara tumanidan Bunyodjon Nosirov, Bag‘dod tumanidan Hojimuhammad Muhamadaliyev, Toshloq tumanidan Muhammadbobur Manasov hamda Yozyovon tumanidan Jamshidbek Sulaymonovlar “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga saylandilar.

- Men yoshligimdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman. Uzoq yillar viloyatda yoshlarni qat’iy hayotiy pozitsiyalarini shakllantirish, ularni erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, ular o‘rtasida huquqiy savodhonlikni hamda bugungi kunda jamiyatda siyosiy faolliklarini oshirish maqsadida “Munozara” klubini yuritishda oz bo‘lsa-da o‘z hissamni qo‘shdim. Endi kelajakda  menga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash yo‘lida astoydil harakat qilaman. Yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan qator dasturilamal hujjatlarning qabul qilinishida o‘z faolligimni ko‘rsataman, abatta – deydi “Yoshlar parlamenti” a’zosi Muhammadbobur Manasov.

Bundan tashqari, “Yoshlar parlamenti” loyihasiga Respublika komissiyasi tomonidan Farg‘ona viloyatidan partiyamiz faollaridan – Mushtariybegim Qurbonova, Dilnoza Sulaymonova, Ravshanbek Ahmedovlar tavsiya etildi.

Barcha “Yoshlar parlamenti” a’zolarining faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona

viloyati Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+