O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda
16.09.2020, 17:36

O’zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Har bir oila - tadbirkor” davlat dasturi ijrosi yuzasidan “Namunali tomorqachi” mavzuida mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo tumanida ham mazkur mahorat darslari o‘tgan bir yillik qisqa vaqt mobaynida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan namunali tomorqachilar safiga qo‘shilgan Hafiza Qurbonova xonadonida bo‘lib o‘tdi.
H.Qurbonovalar o‘tgan yili 4.5 sotix maydonda issiqxona tashkil qilishgandi. 20 millionlik bank krediti evaziga o‘z faoliyatlarini boshlagan tadbirkorlar oilasi o‘zlari yetishtirgan sarxil mahsulotni bir yilda ikki marotaba Rossiya davlatiga eksport qilishoqda.
- Tomorqamizdan bir yilda ikki marotaba hosil olishni yo‘lga qo‘ydik, -deydi Hafiza Qurbonova. - Pomidorning serhosil hisoblangan “Sabina” navini ekish va parvarishlash evaziga eksportbop mahsulot yetishtiramiz. Bir mavsumda 8-9 marotabagacha pomidor hosilini terib olib, 4,5 ming tonnadan ziyod sarxil mahsulotni chetga eksport qilamiz. Mahallamizdagi 4 nafar yoshning bandligi ta’minlangan. Hosil yig‘im - terimi paytida mavsumiy ishchilarimiz soni 10 nafarga yetadi.
Sirdaryo tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarorlar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholini tadbirkorlar mahallasi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. 404 ta xonadon istiqomat qilayotgan hududning o‘zida 83 ta issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 20 ta xonadon egalari faqat pomidor eksporti bilan shug‘ullansa qolgan xonadonlarda mahalliy bozorlarmiz uchun sabzavot mahsulotlari yetishtirilib, el ma’murchiligi ta’minlab kelinmoqda.
Hududdagi mazkur xonadonda bo‘lgan kishi bu tomorqa yer egalarining tomorqalarida igna sanchishga ham bo‘sh joy yo‘qligining shohidi bo‘ladi. Halol mehnat evaziga nafaqat o‘zlarining, balki aholi dasturxonlarining to‘kin bo‘lishiga erishishmoqda.
“Navro‘z”lik aholi xonadonlaridagi tomorqalarda bo‘lgan partiya viloyat hamda tuman Kengashi xodimlari, tuman mahallalaridan tashrif buyurgan mahorat darsi ishtirokchilari hudud aholisining har bir qarich yeridan unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarining guvohi bo‘lishdi.
Mahorat darsi har jihatdan samarali, foydali hamda qiziqarli tarzda yakun topib, mehnati ila elda e’zoz topayotgan tomorqachilar mehnati e’tirof etilib, ularga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muhriddin ISMATULLAYEV,
O`zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi
Apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Partiyalararo Forumda gender masalalari muhokama qilindi
25.02.2021, 09:35
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” seminarida samarqandlik 201 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgani ta’kidlandi
16.09.2020, 17:21
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi
15.09.2020, 15:29
-
Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
-
Senator Xivada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi
10.09.2020, 17:31
Fikringizni qoldiring