O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

05.10.2020, 15:47

O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Koferensiyada  partiya “Yoshlar qanoti” faollari,  “Yoshlar parlamenti” a’zolari, deputatlar, elektorat vakillari ishtirokidagi mazkur tadbir amaliy ruhda o‘tganligi, nafaqat tanqidiy fikrlar, balki aniq taklif va mulohazalarga boyligi bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

Bugungi kunda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari safida 40 466 nafar a’zolar bo‘lib, ularning 23 949 ya’ni (59%) nafari  yoshlar hisoblanadi.

“Yoshlar qanoti” ning o‘tgan davrdagi faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir qator partiyaviy loyihalar amalga oshirildi.

Birgina misol, Partiya “Yoshlar qanoti”ning istiqbolli loyihalaridan biri hisoblangan, an’anaviy tarzda o‘tkazilib  kelingan «Ishbilarmon talaba» ko‘rik-tanlovi orqali ko‘plab yoshlarimiz tadbirkor bo‘ldi, g‘oliblar esa partiyaning stipendiyasiga ega bo‘ldi.

Yana bir loyihalardan biri “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati tuman va shahar bosqichlariga 217 nafar kollej va akademik litsey o‘quvchilari o‘z loyihalarini taqdim etdi. Ular orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 39 nafar yosh ixtirochilar ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi va 3 nafari esa respublika bosqichlarida faol ishtirok etib, o‘zlarining yaratgan innovatsion loyihalarini hayotga tadbiq etishga ham imkon topa olishdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida ham partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari faol ishtirok etib, Do‘stlik tumani Manas QFY  hamda Mirzacho‘l tuman markazini obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib 15 dan ortiq yolg‘iz qariyalar va boquvchisini yo‘qotgan oilalar xonadonlarini obodonlashtirishda ko‘maklashdilar.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish g‘oyalarini ilgari surish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” doirasida partiya tomonidan turkum tadbirlar tashkil etildi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarga O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining diplom, faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alari topshirildi.

  Joriy yil tashkil etilgan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga ham saylovlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 5 ta siyosiy partiyadan yuksak ma’naviyatli, siyosiy ongi va tafakkuri teran eng kuchli yoshlar nomzod sifatida ko‘rsatildi. Shuningdek, O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashidan ham 13 nafar faol, iqtidorli, o‘qish va ish joyida atrofidagilarga o‘rnak bo‘la oladigan tirishqoq nomzodlar ko‘rsatildi.

Anjuman davomida O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlarining ham ma’ruzalari tinglandi. Deputatlar va “Yoshlar qanoti” guruhi faollarining hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbir so‘nggida tashkiliy masalalar ham muhokama qilinib,  "Yoshlar qanoti" Jamoatchilik Kengashi tarkibini tasdiqlash va respublika Konferensiyasiga delegatlar saylash kabi  masalalar ko‘rib chiqildi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+