Yoshlar konferensiyasi bahs-munozaralar maydoniga aylandi

06.10.2020, 16:41

Yoshlar konferensiyasi bahs-munozaralar maydoniga aylandi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Yoshlar  qanoti”ning hisobot konfrensiyasi onlayn tarzda videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Buxoro viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti”ning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilindi.

Ta’kidlandiki, o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari va amaliy ishlar natijasida, viloyatda bugungi kunda partiya a’zolari soni 34 410  nafarni tashkil etmoqda. Shundan 16 075 nafari yoshlardir, ya’ni ular partiya a’zolarining 47 foizini tashkil qiladi. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 786 tani tashkil etib, 170 tasini 34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar boshqarmoqda.

Shuningdek, “Yoshlar innovatsion klasterlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Kelajakka kasb-hunar bilan”, “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor”, “Start-up Invest”, “Start-up Innovatsion”, “Start-up Export”, “Yosh olimlar ligasi” loyihalarini o‘tkazish va “Tashabbuskor yosh fermer”, “Yosh innovatsiyachi” stipendiyasi tanlovlarini amalga oshirish, “Zamonaviy kasblar” onlayn mahorat darslarini tashkil etish kabi rejalar haqida ham so‘z bordi.

Konfrensiya davomida “Yoshlar qanoti” ning “Yo‘l xaritasi” muhokama qilinib, uni tasdiqlash bo‘yicha bir qator yoshlar o‘z takliflarini  bildiri. Faol yoshlardan iborat jamoatchilik Kengashi tarkibi va respublika konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar tasdiqlandi.

Tadbir fikrlar xilma-xilligi, bahs-munozaralar asosida qiziqarli o‘tdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    208
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+