Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasiga bag‘ishlangan yoshlar anjumani o‘tkazildi

16.10.2020, 16:48

Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasiga bag‘ishlangan yoshlar anjumani o‘tkazildi

Ma’lumki, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklifini ilgari surgan edilar. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida esa yana bir bor jahon hamjamiyatini Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan tashabbus — Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasining qabul qilinishi bugun navqiron avlod duch kelayotgan aniq muammolarni hal qilish, sohaga oid turli xalqaro hujjatlardagi nomutanosibliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Mazkur tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasi” mavzusida yoshlar anjumani o‘tkazildi.

Mazkur anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Al-Xorazmiy nomidagi axborot texnollogiyalari maktabi, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida tashkil etildi.

Unda hamkor tashkilotlar vakillari, partiyaning  “Yoshlar qanoti” faollari o‘z taklif va mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, anjumanda “Yoshlar qanoti”ning xarqaro hamkorlik masalalaridagi ShHT, MDH, BMT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo mamlakatlari siyosiy partiyalar hamkorligida “O‘zbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasini tartibga solish istiqbollari”, “Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasining milliy, mintaqaviy va global strategiyasi” mavzularida xalqaro yoshlar forumlari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda ishtirok etgan mutaxassislar BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasining bosh maqsadi va uni ishlab chiqish jarayonlari, Yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda milliy va xalqaro hamkorlik masalalarida ma’lumotlar berishdi.

Bu borada partiyaning yoshlar qanoti faollari ham o‘zlarining aniq taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tishdi.  

  • Ko'rildi
    144
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+