Yurtimizning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi

02.05.2020, 12:14

Qahramon ERGASHEV
Qahramon ERGASHEV

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Joriy yil 28 aprel kuni Prezidentimiz “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi muhim qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari etib belgilandi.

Birinchidan, 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;

Ikkinchidan, 2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash;

Uchinchidan, 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;

To‘rtinchidan, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;

Shuningdek, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar yurtimizning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish.

Ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanib, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Qarorga ko‘ra, vazirlik huzurida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tashkil etilib, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda. Jumladan:

–elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;

–davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

–davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish;

–elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish.

Yana bir muhim yangilik – mazkur hujjat bilan “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilib, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash, ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uning asosiy vazifalari etib belgilanyapti.

Qarorda vazirlik markaziy apparati tuzilmasida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish hamda Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va  Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan bitta shartnoma doirasida tanlovlarni faqat Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari o‘rtasida o‘tkazish huquqiga ega.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.

Umuman olganda, mazkur qaror bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekistondagi barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qishloqlar va mahallalar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanadi.

Qahramon ERGASHEV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Донияров Олим -Қашқадарё вилояти Чироқчи туман Кенгаши2018-06-22 17:24:23

Давлатимиз раҳбарининг “Тошкент шаҳрида жамоат тартибини таъминлаш, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жиноятчиликка қарши курашиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори пойтахтимиз Тошкент шаҳри жамоатчилиги хавфсизлигини таъминлашга муносиб хизмат қилади.

ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:12:45

Президентимизнинг “Тошкент шаҳрида жамоат тартибини таъминлаш, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жиноятчиликка қарши курашиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорини бир овоздан қўллаб қувватлаймиз.Бу қарор халқимизнинг осайишталигини сақлашда муҳим қадамдир.

ЎзЛиДеП Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:12:44

Зикрулло Шерматов O'zLiDeP Косон туман кенгаши раиси ўринбосари2018-06-21 10:06:41

Президентимизнинг “Тошкент шаҳрида жамоат тартибини таъминлаш, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жиноятчиликка қарши курашиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори жиноятчиликка қарши кураш ҳуқуқбузарлик ҳолатлари аниқлашга қаратилган ҳалқимизнинг тинчлиги ва фаравонлиги ошишига хизмат қилади.

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-06-20 22:50:02

Go'zal poytaxtimizning osoyishtaligini ta'minlash uchun qilingan yana bir e'tiborga loyiq qaror.

Fikringizni qoldiring

+