Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Chiroqchida ishbilarmon ayollar e’tirof etildi

19.06.2026 244
Chiroqchida ishbilarmon ayollar e’tirof etildi

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi hamda “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Chiroqchi tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda tadbirkorlik, hunarmandchilik va fermerlik sohalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘z yutuqlari va tajribalarini namoyish etdi. Ular yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi natijalari bilan ajralib turdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Feruza Toshquvatova 1-o‘rin, Dilfuza Mo‘minova 2-o‘rin va Pokiza Anorboyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda ishtirok etgan deputatlar xotin-qizlarning tashabbuskorligi va mehnatini yuqori baholab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?