Yangibozorda sayyor qabul: murojaatlar nazoratga olindi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 117 nafar fuqaro ishtirok etib, 39 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ular asosan bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yo‘l ta’miri va huquqiy masalalarga oid bo‘ldi.
Shundan 20 ta murojaat bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida eshitish, ularga amaliy yechim topish va xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.