Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 25-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Uychidagi sayyor qabulda 42 murojaat ijobiy hal etildi

25.05.2026
113

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Namangan viloyati Uychi tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, deputatlar va partiya faollari ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan jami 76 ta murojaat kelib tushdi. Ularda asosan ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar, uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy masalalar ko‘tarildi. Qabul jarayonida murojaatlarning 42 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddatlari belgilandi.

Ta’kidlash kerak, bu kabi sayyor qabullar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish va inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olinib, xalq ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?