Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 17-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qoraqalpog‘istonning eng faol ishbilarmon ayollari aniqlandi

16.10.2026
192

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining hududiy-respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida o‘tkazilgan tanlovda 17 ta tuman va shahardan kelgan xotin-qizlar o‘z mahsulotlari, istiqbolli loyihalari hamda tadbirkorlik tajribalarini namoyish etdi.

Ishtirokchilar faoliyati yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar sifati hamda innovasion yondashuvlar kabi mezonlar asosida baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Nukus shahridan Aygul Tasbayeva birinchi o‘rinni egallab, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Eng faol ishbilarmon ayoli” deb topildi. U “Damir hotel”, “NUKUS POLIMER” MCHJ hamda “Bes qala” brendi ostida un ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini boshqaradi. Ushbu korxonalarda 500 nafardan ortiq kishi, jumladan, 200 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat qiladi. “Bes qala” brendi ostidagi mahsulotlarning Afg‘onistonga eksporti va oylik eksport hajmining 1 million AQSH dollarini tashkil etishi tadbirkorlik ko‘lamini namoyon etadi.

Qonliko‘l tumanidan Gulayim Qalbayeva asalarichilik, bog‘dorchilik, parrandachilik va fermerlik yo‘nalishlaridagi faoliyati uchun ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uning 30 nafarga yaqin shogirdi bor. Uchinchi o‘rin esa Kegeyli tumanidagi “Gүjim terek” mahallasidan Mariyam Kamalovaga berildi. Milliy kiyim-kechak va taqinchoqlar ishlab chiqaruvchi tadbirkor 25 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan, mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga ham eksport qiladi.

Tanlovda asosiy o‘rinlardan tashqari, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol”, “Investisiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol” va “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?