Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Dastur konsepsiyasi

“XALQ BILAN BIRGA” DASTURI
KONSEPSIYASI

O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida e’lon qilindi. Bu esa O‘zbekistonda davlat tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlariga e’tibor berish, kambag‘allikka qarshi kurash masalalarini o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘targanligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadimamlakatda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirish bo‘lib qolmoqda.

Ushbu siyosat nafaqat aholining mazkur qatamlari hayotini keskin yaxishlashga, umuman jamiyat barqarorligi, ravnaqini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutuvchi masalalardan hisoblanadi.

Shu tufayli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu tashabbusi aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganligi ko‘zga tashlanmoqda.

Xususan, O‘zLiDeP hududiy tuzilmalari tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan doimiy muloqotlar jarayonida tadbirkorlar ham ushbu tashabbusdan chetda turmasliklarini va davlatning mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarida faol ishtirok qilish niyatlarini doimiy ravishda bildirib kelishmoqda.

Shu bilan birga, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish o‘zbek xalqining ajralmas qadriyatlaridan biri ekanligi ham ta’kidlanmoqda.

O‘zLiDeP jamiyatning eng faol qatlami bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ilgari surilayotgan ushbu xohish-istaklari, qat’iy fuqarolik pozisiyasini ifoda etuvchi, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni kamaytirishga xissa qo‘shishni maqsad qilgan Xalq bilan birga” umummilliy dasturini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqda.

Dasturni amalga oshirishda O‘zLiDeP o‘z faollariga, avvalo tadbirkorlarga, hamkor tashkilotlarga, mahallalarga, nodavlat notijorat tashkilotlariga tayangan holda ish olib boradi. Qolaversa, dasturda ishtirok etishni xohlagan barcha uchun ochiqligini bildiradi.

Dasturga 2026 yil aprelida start berilib, 2026 yilning dekabrigacha davom etadi va yil yakuni arafasida yakuniy tadbirlari amalga oshiriladi. Dasturni amalga oshirish jarayonida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 300 dan ortiq respublika miqyosida yirik tadbirlar o‘tkaziladi.

Dastur doirasida 50 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirok etadi va turli ko‘rinishdagi yordamlar bilan 1,5 mlndan ortiq fuqarolar qamrab olinadi.

 I.Dasturning asosiy maqsadlari va vazifalari

  1. Maqsadlar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kambag‘allikka qarshi kurash, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash harakatiga tadbirkorlarni keng jalb qilish;
  • aholining yordamga muhtoj qatlamlariga biznes orqali moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, har bir ijtimoiy guruh ehtiyojiga mos chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan aholining turmush sifatini yaxshilashga ko‘maklashish;
  • biznes va jamiyat o‘rtasida ishonch va hamkorlikni mustahkamlash;
  • korporativ ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini milliy darajada rivojlantirish;
  • aholi ijtimoiy kayfiyatida pozitiv o‘zgarishlarga turtki berish, davlat siyosati va tadbirkorlar faoliyatidan rozilik kayfiyatini kuchaytirish, joylarda ijtimoiy barqarorlik va ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qilish.
  1. Vazifalar:
  • biznes tuzilmalar tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini shakllantirish;
  • aholining ehtiyojlariga tezkor javob beruvchi tizimni yaratish;
  • ijtimoiy yordam ko‘rsatishda O‘zLiDeP, mahalliy hokimiyat hamda mahallalar va biznes o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik modelini yo‘lga qo‘yish;
  • jamoatchilik orasida biznesning ijobiy imijini

II.Dastur doirasida aholi bilan ishlash strategiyasi

O‘zbekistonda keyingi yillarda aholi bilan ishlash yo‘nalishida mutlaqo yangicha asosda faoliyat yurituvchi mahalla tizimi, qolaversa, Ijtimoiy himoya milily agentligi sha’feligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘mak berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi bilan aholiga davlat tomonidan ko‘mak berishning o‘ziga xos tizimi yaratildi va samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Mazkur dasturning konseptual o‘ziga xosligi uning doirasida davlat organlaridan va ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan tuzilmalardan tashqari O‘zLiDeP tadbirkorlar bilan hamkorlikda “qo‘shimcha yordam qo‘lini cho‘zish” tashabbusi bilan o‘rtaga chiqayotganligidir. Ya’ni, partiya o‘z dastursi bilan o‘zbek halqiga xos bo‘lgan saxovatpeshalik tamoyillari asosida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan harakatni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Bu esa aholining kam ta’minlangan tabaqalariga yordam ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan keng ijtimoiy harakatga aylanayotganligini, davlatning mazkur yo‘nalishda boshlab bergan sa’y-harakatlarini fuqarolik jamiyati, xususan, O‘zLiDePning elektorati – tadbirkorlar qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganligini yaqqol namoyon etadi.

Aholi bilan ishlash jarayonlari “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan muvofiqlashtirgan holda tashkil etiladi.

Dasturni amalga oshirish aholi muammolarini tezkor aniqlash va ularga mos yechimlarni ishlab chiqish va taklif etishni talab qiladi. Ushbu holatni inobatga olgan holda joylarda aholi bilan yaqindan muloqot qilish, kam ta’minlagan oilalar ehtiyojlarini aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish maqsadida aholi bilan ishlashning quyidagi strategiyasi amalga oshiriladi:

  1. Uyma-uy yurish orqali ma’lumot yig‘ish (“Yurakka yo‘l” aksiyasi)

Ushbu usul partiya faollari, deputatlar, hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan bevosita mahallalarga, oilalarga borish, 1 mlndan ortiq xonadonlarga kirib chiqishni ko‘zda tutadi. “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida uyma-uy yurish davomida yana bir bor O‘zbekistonda mahallalarni obod qilish, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan siyosat mohiyati tushuntiriladi, aholini o‘ylantirayotgan muammolar o‘rganiladi va umumlashtiriladi, dastur doirasida yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan oilalar va ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan yordam xaraktyeri aniqlanadi (2026 yil yanvar-noyabr).

  1. Mobil shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va sayyor qabullarni amalga oshirish

Joylarga chiqib aholi bilan doimiy muloqotlarni amalga oshirib boradigan 10 dan ortiq mobil shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Reja asosida tizimli ravishda barcha hududlarda partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar va hamkor davlat tashkilotlari vakillari 200 dan ortiq aholi qabullarini amalga oshirib, barcha murojaat qilganlar tinglanadi va joyida ushbu masalalarga yechim topish choralari ko‘riladi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar olinadi. Ushbu uchrashuvlarda aniqlangan masalalar partiyaning dastursi doirasida manzilli ko‘mak berish rejasiga kiritiladi.

  1. Mahalla bilan hamkorlikda o‘rganishlarni amalga oshirish

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlashda, birlamchi yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xonadonlarni belgilash ishlari olib boriladi. Shuning uchun mahallalar bilan yangi formatda tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

  1. Partiya yoshlar va ayollar qanotlarini faollashtirish

Hududlarda yoshlar, ayollar, nuroniylar o‘rtasida turli mavzularda 50 ta davra suhbatlari, 100 dan ortiq muhokamalar, 50 ta ochiq muloqotlar, 10 ta konferensiya va 25 ta yirik aksiyalar tashkil etiladi va aholini o‘ylantirayotgan savollarga partiya bilan birgalikda javob izlashga tayyorligi ko‘rsatiladi (2026 yil fevral-noyabr).

  1. Onlayn va offlayn so‘rovnomalarni o‘tkazish

Dastur doirasida aholi fikrini o‘rganib borish maqsadida Telegram-bot ishga tushiriladi va u orqali onlayn so‘rovnomalar amalga oshirib boriladi. So‘rovnomalar yetakchi sosiolog-ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda joylarda offlayn tarzda ham amalga oshiriladi. Jami 20 dan ortiq onlayn va offlayn so‘rovlar o‘tkazish, tahliliy materiallarini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga partiyaning hududiy kengashlari faollari jalb qilinadi (2026 yil yanvar-sentyabr).

  1. “Deputat bilan ochiq suhbat” onlayn platformasini ishga tushirish

Qonunchilik palatasi va xududiy kengashlarga saylangan deputatlarning o‘z saylovchilari bilan onlayn muloqotlari tashkil qilinadi. Deputat bilan muloqot to‘g‘risida ma’lumot partiya sayti va ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali oldindan e’lon qilinadi. Muloqotda ishtirok etayotganlar deputatlarga o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar yuzasidan axborot beradilar. Mazkur tadbir deputatlarning saylovchilarga yanada yaqin bo‘lishiga, deputatning xalq orasida ijobiy imiji shakllanib borishiga ham xizmat qiladi.

  1. Onlayn muloqotning boshqa turlarini amalga oshirish
  • “Sizning fikringiz biz uchun muhim” rubrikasi ostida partiya saytida onlayn takliflar yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • “Muammoingizni bayon eting” tyelegram ijtimoiy tarmog‘i orqali maxsus kanal faoliyati yo‘lga qo‘yiladi (2026 yil yanvar).

Mazkur muloqot turlari ham aholining turli qatlamlari vakillariga o‘z fikrlarini yetkazib turish va partiya bilan aholi qatlamlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan dastur bo‘yicha fikr almashib turish imkonini yaratadi.

Ushbu o‘rganishlar natijasida har bir hudud kesimida aholini o‘ylantirgan muammolar bazasi shakllantiriladi: ishsizlik, uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam bilan bog‘liq masalalar va boshqalar aniqlanib, manzilli yordam ko‘rsatish uchun asos qilib olinadi.

III. Dasturning asosiy yo‘nalishlari

Dastur doirasida turli ko‘rinishdagi amaliy yordam turlari, aksiyalar va marafonlar o‘tkazish ko‘zda tutiladi.

1. Yordam turlari:

  • ijtimoiy himoya tadbirlarini amalga oshirish: oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, uy jihozlari bilan ta’minlash;
  • mahallalar bilan kelishgan holda kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlar tomonidan otaliqqa olinishini yo‘lga qo‘yish;
  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oila farzandlari uchun O‘zLiDyeP stipendiyasini jori etish, bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalarini yetkazib berish;
  • kam ta’minlangan oilalar uchun tibbiy ko‘riklar o‘tkazish, vrachlarning sayyor qabullarini tashkillashtirish;
  • tadbirkorlarda ish o‘rinlarini yaratish va yoshlarni, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash;
  • “Ishga marhamat” monomarkazlari bilan hamkorlikda yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlashning innovasion usullarini joriy etish;
  • “Farovonlikka tomon ilk qadam” nomli muhokamalar tashkil etish, ular orqali har bir mahallagacha kirib borgan holda ishsiz yoshlar, xotin-qizlar bilan mavjud muammoli holatlarni ochiq muhokama qilishni yo‘lga qo‘yish va “muammolar xaritasi”ni shakllantirish;
  • “Imkoniyat o‘z qo‘limizda” nomli ochiq muloqotlarni tashkil etish va mobil shtablar tarkibidagi mutaxassislar (iqtisodchilar, xuquqshunoslar) ko‘magida aholiga muammolarni hal qilish bo‘yicha professional maslahat olish imkoniyatini yaratish;
  • Yoshlar va ayollar uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid beg‘araz o‘quv kurslari, mahorat darslari
    va treninglar tashkil etish.
  1. Aksiyalar:
  • biznes vakillari tomonidan eng muhtoj oilani 1 yil homiylikka olishni ko‘zda tutuvchi “Bir oila – bir homiy” aksiyasi;
  • oyiga bir marta biznes vakillari va volontyorlar tomonidan aholiga bevosita yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutuvchi “Yaxshilik marafoni”;
  • kam daromadli oilalarni barqaror daromad manbai (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali yoki oila a’zolaridan birini ishga joylashtirish) bilan ta’minlashga qaratilgan “Farovon oila” aksiyasi;
  • oilalarning doimiy daromad manbai bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” aksiyasi (dastur doirasida 20mingta oila qamrab olinadi);
  • xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash (oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik va boshqalar), shu asosda, ularning intilishlaridan kelib chiqib shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratib berishga qaratilgan “Farovon hayot sari” aksiyasi;
  • nogironligi bor shaxslarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasi;
  • mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” dastursi;
  • yoshlarning innovasion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash” aksiyasi;
  • IT va sun’iy intellyekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha yoshlar uchun seminarlar tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi IT va suniy intellyekt yetakchilari” aksiyasi;
  • yolg‘iz keksalarga xizmat va moddiy ko‘mak ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Keksalarga mehr” aksiyasi;
  • turmush qiyinchiliklariga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Umid” aksiyasi;
  • respublika bo‘yicha bir kunda mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini o‘zida qamrab olgan “Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi;
  • yoshlar orasida qonuniy va xavfsiz migratsiya masalalari bo‘yicha keng tushuntirish tadbirlarini o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi “Xavfsiz migratsiya” aksiyasi;
  • qishloq xo‘jalik sohasida yoshlarga amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan “Yosh fermerlar tajriba maktabi” aksiyasi;
  • o‘z faoliyatini hunarmandchilik yo‘nalishi bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga “ustoz-shogird” an’analari doirasida amaliy va uslubiy bilimlarni berishni ko‘zda tutuvchi “Hunarmandlar ko‘rgazmasi” aksiyasi;
  • tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratish va yoshlar, ayollar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Bir jamoada” aksiyasi;
  • aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini faol joriy etish, bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazish ko‘zda tutuvchi “Salomatlik sari” aksiyasi;
  • bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi;
  • yoshlar orasida ko‘cha sport mashqlari (jumladan, turnik, brus
    va b.), sportning mini futbol, voleybol, basketbol (stritbol), shaxmat, shashka, stol tennisi, kurash, arqon tortish sport turlari bo‘yicha bellashuvlarni tashkil etish orqali yoshlarning do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan, hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkaziladigan “Youth Sports Challenge” sport musobaqalari;
  • mahallalar va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinib, qatnashchilarga biznes vakillari tarafidan esdalik sovg‘alari topshirilishini ko‘zda tutuvchi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi.
  1. Jamoatchilik va parlament nazorati
  • joylarda amalga oshiriladigan o‘rganishlarni umumlashtirish nafaqat manzilli yordam nuqtalarini belgilash, balki tegishli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini ta’minlash, kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatining borishi to‘g‘risida ham ma’lumotlar, tahlillar yig‘ish hamda ular asosida tegishli partiya kengashining xulosasi bilan jamoat eshituvlarini amalga oshirish;
  • har bir hudud kesimida to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida viloyat kengashi partiya qo‘mitasi qarori bilan masala deputatlik guruhlari orqali tegishli xalq deputatlari viloyat yoki tuman kengashlari muhokamasiga olib chiqish;
  • dastur doirasida yig‘ilgan materiallar tahlili asosida O‘zLiDePning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi masala yuzasidan tegishli vazirliklarga deputat so‘rovlarini yuborish yoki parlament eshituvini o‘tkazish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish.
  1. Konferensiya, davra suhbatlari va forumlar

Hududlarda yoshlar, ayollar, nuroniylar o‘rtasida turli mavzularda 60 tadan ortiq konferensiya, forum va davra suhbatlari tashkil etiladi va aholini o‘ylantirayotgan savollarga partiya bilan birgalikda javob izlashga tayyorligi ko‘rsatiladi. Jumladan:

  • “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi;
  • “Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;
  • “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;
  • “O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;
  • “Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi” mazusida davra suhbati;
  • “O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati;
  • “Inson qadri va farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar” mavzusida davra suhbati;
  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: maqsadlar, yutuqlar va oldindagi marralar mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.
  1. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi maqolalar turkumi

Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, soha mutaxassislari, olimlar va ekspertlar tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi maqolalar turkumini:

  • mahalliy ommaviy axborot vositalarida;
  • xalqaro ommaviy axborot vositalarida;
  • internet resurslarida;
  • ijtimoiy tarmoqlarda chop etish orqali O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati va yutuqlarini ommalashtirish.

 

  1. Dastur yakunida amalga oshiriladigan tadbirlar
  • o‘rganishlar natijasida yangi dasturlar dasturlarini ishlab chiqish, muammolar yechimiga oid partiya va fraksiya yig‘ilishlari hamda yakunlovchi tadbirni o‘tkazish (2026 yil sentyabr-dekabr);
  • eng faol biznes vakillarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi “Ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkor” yil tanlovini o‘tkazish;
  • O‘zLiDePning “Fidokor tadbirkor” ko‘krak nishonini joriy etish va yil davomida eng ko‘p xayriya aksiyalari o‘tkazgan tadbirkorlarga yil tanlovi marosimida topshirish;
  • faollik ko‘rsatgan boshqa tadbirkorlarni partiyaning tashakkurnomalari, maxsus sovrinlari bilan taqdirlash;
  • dastur yakunida “Xalq bilan birga” yirik konsert, ko‘rgazma va forum orqali yakunlovchi tadbirni o‘tkazish (2026 yil sentyabr-dekabr).

 

  1. Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan samara:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq manfaatini ta’minlashga qaratilgan siyosatini joylarda to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, aholi roziligini kuchaytirish;
  • aholining muhtoj qatlamlari uchun tadbirkorlar ko‘magida manzilli yordamlarni tashkil qilish;
  • yoshlar, ayollar va keksalarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, ularni dastur doirasida kuzatuvchi emas, balki ishtirokchiga aylantirish;
  • biznes va jamiyat hamkorligi orqali ijtimoiy mas’uliyatli muhit shakllantirish;
  • aholining biznes vakillariga nisabatan munosabatini yanada ijobiy tomonga o‘zgartirish;
  • fuqarolar fikr va takliflari asosida yirik tadbirlarni qamrab oluvchi yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va Hukumatga taqdim etish;
  • biznes vakillari o‘z brendini ijtimoiy ishonch orqali kuchaytirishi;
  • dastur orqali ishsizlikni kamaytirish, kam ta’minlangan oilalarni, yordamga muhtoj yoshlarni qo‘llab quvvatlashga va jamiyatda birdamlik ruhini oshirishga erishish.

 

VI.Dasturning axborot ta’minoti va chellenjlar

  1. Partiya gazetasi, veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek boshqa OAV va internet-resurslar orqali “Xalq bilan birga” rukni ostida dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to‘g‘risida barcha jarayonlar keng yoritib boriladi. Bunda:
  • O‘zLiDeP saytida dastur doirasida amalga oshirilgan ishlarning haftalik yakunlari taqdim qilib boriladi;
  • ijtimoiy tarmoqlarda #Xalq bilan birga, #Mas’uliyatli tadbirkor, #Yaxshilik Estafetasi xeshteglar ostida dastur doirasida faol bo‘lgan tadbirkorlarning ishlari keng yoritib boriladi;
  • “Mas’uliyatli tadbirkor – xalq bilan birga” shiori ostida partiya sayti va hamkor OAVlar saytida ushbu dasturda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlar xalqqa tanitib boriladi.
  1. “Mas’uliyatli tadbirkor!” chellenj-estafetasi tashkil etiladi.

Bunda, taniqli tadbirkorlardan biri xayriya yoki ijtimoiy aksiyani amalga oshiradi va estafetani ikkinchi tadbirkorga o‘tkazadi. Keyingi tadbirkor ham shunday aksiya qiladi va boshqa tadbirkorga estafetani topshiradi. Ularning safi tobora ko‘payib boraveradi.

Xuddi shunday partiyaning bir viloyat kengashi dastur doirasida tashabbus ko‘rsatadi va boshqa viloyatlar ushbu tashabbus estafetasini davom ettiradi. Ushbu chellenj partiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgan tadbirkorlar safi tobora kengayib borayotgani, barcha hududlar ushbu jarayonga faol kirib borayotganligini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

  1. Dasturni keng targ‘ib etish, axborot ta’minotini amalga oshirishda taniqli shaxslar, blogerlar, yirik biznes vakillari ham jalb etiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?