Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish
  • Bosh sahifa
  • #XalqBilanBirga
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyadagi nutqidagi asosiy yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyadagi nutqidagi asosiy yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqidagi
asosiy yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zLiDePning
“Xalq bilan birga” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Yo‘nalishlar

Tadbirlar

1.                 

Demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini davom ettirish

 joylarga chiqib aholi bilan doimiy muloqotlarni amalga oshirib boradigan 10 dan ortiq mobil shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, barcha hududlarda partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar va hamkor davlat tashkilotlari vakillari tomonidan 200 dan ortiq aholi qabullarini amalga oshirish;

– joylarda islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samradorligini tahlil qilish, manzilli yordam nuqtalarini belgilash, tegishli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini ta’minlashga ham xizmat qiluvchi jamoatchilik va parlament nazorati tadbirlarini amalga oshirish;

 dyeputatlarning saylovchilar bilan yaqin aloqalarini o‘rnatish maqsadida Qonunchilik palatasi va kengashlarga saylangan deputatlarning o‘z saylovchilari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini ta’minlovchi “Deputat bilan ochiq suhbat” onlayn platformasini ishga tushirish;

 aholi fikrini o‘rganib borish maqsadida turli platformalar orqali onlayn va offlayn so‘rovnomalar o‘tkazib borish;

– O‘zLiDeP, mahalliy hokimiyat hamda mahallalar va biznes o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik modelini yo‘lga qo‘yish orqali mahallalar bilan yangi formatda tizimli hamkorlikni amalga oshirish;

– Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammoli masalalar tizimli ravishda o‘rganib borish maqsadida partiya saytida onlayn takliflar yig‘ish tizimi, “Sizning fikringiz biz uchun muhim” onlayn platformasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2.                 

Mamlakatda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirish

– 1 mlndan ortiq xonadonlarga kirib chiqish va oilalarning turmush sharoitlarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi “Yurakka yo‘l” aksiyasi;

 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ko‘makka muhtoj oilalarni muammolarini aniqlash (muammolar bazasini shakllantirish), muammolar tahlili natijasida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, masalalarni joyida hal etish va muhtojlar yordamlar ko‘rsatish;

– kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni biznes vakillari tomonidan 1 yil muddatga homiylikka olishni ko‘zda tutuvchi “Bir oila – bir homiy” aksiyasi;

– oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbaini (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali) shakllantirishga qaratilgan “Farovon oila” aksiyasi;

– xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash, shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratish bo‘yicha “Farovon hayot sari” aksiyasi;

– biznes vakillari va volontyorlar tomonidan kam daromadli, ko‘p bolali oilalar, nogironligi bor, yolg‘iz keksalar holidan xabar olib, har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Yaxshilik marafoni”;

– nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini tashkil qilish, tadbirkorlikka o‘rgatish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasi;

– partiya faollari va volontyorlari tomonidan yolg‘iz keksalarga beg‘araz yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi “Keksalarga mehr” aksiyasi;

 bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar berishni ko‘zda tutuvchi “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi;

– muammolarni tegishli idoralar bilan birgalikda o‘rganish va amaliy yechimini topish hamda tez muddatda murojaatchiga javob berish tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi “Muammoingizni bayon eting” telegram bot tashkil etish.

3.                 

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash,, ta’lim olishi uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish, haq-xuquqlarini himoya qilish

– tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Bir jamoada” aksiyasi;

– “Ishga marhamat” monomarkazlari bilan hamkorlikda yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash;

– yosh ustalarning milliy hunarmandchilik buyumlarini namoyish etishga qaratilgan “Hunarmandlar ko‘rgazmasi” aksiyasi;

– yoshlarni bozorbop mahsulotlar yetishtirish, samarali agrotexnik tadbirlar, marketing, sotish usullarini o‘rgatishga qaratilgan “Yosh fermerlar tajriba maktabi”;

– chet elda mehnat qilmoqchi bo‘lgan yoshlarni firibgarliklardan saqlash choralarini ko‘zda tutuvchi “Xavfsiz migratsiya” aksiyasi;

– yoshlarning huquqiy savodxonlik, ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa yo‘nalishlarda bilimlarini kengaytirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi;

 O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, yangilangan Konstitutsiya bilan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

– yoshlar orasida ko‘cha sport mashqlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishga qaratilgan Youth Sports Challenge” sport musobaqalari.

4.                 

Gender siyosati. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlash

– turmush qiyinchiliklariga duch kelgan, farzandlarini yolg‘iz katta qilayotgan ayollarga huquqiy, moddiy, moliyaviy ko‘mak berishni ko‘zda tutuvchi “Umid” aksiyasi;

– mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” loyihasi;

– “Farovonlikka tomon ilk qadam” shiori ostida muhokamalar, “Imkoniyat o‘z qo‘limizda” deb nomlanuvchi ochiq muloqotlar;

– mamlakatda xotin qizlarning jamiyat hayotining turli jabhalarida o‘z faolligini ko‘rsatishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, qishloq sharoitida yashayotgan ayollarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan “O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

5.                 

Ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovasion tarmoqlar barpo etish, kichik biznesni rivojlantirish natijasida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishish

– ayollar va yoshlar uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid beg‘araz o‘quv kurslari, mahorat darslari va treninglar tashkil etish;

– yoshlarning innovasion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarning startap loyihalarini ko‘llab-kuvvatlash” loyihasi;

– IT va sun’iy intellyekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha IT va suniy intellyekt yetakchilari” treninglari;

– oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oila farzandlari uchun tadbirkorlar tomonidan stipendiyalar ta’sis qilishni ko‘zda tutuvchi “O‘zLiDeP stipendiyasi”aksiyasi;

– mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini ko‘zda tutuvchi “Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi;

– oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” loyihasi;

– kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi, vosita va yondashuvlari tahliliga qaratilgan “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

– kambag‘allikka qarshi kurashish, yoshlarni tadbirkorlikka va kasbga o‘rgatish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish masalalarini tahlil qilishga qaratilgan har bir hududda jami 14 ta “Inson qadri va farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar” mavzusida davra suhbatlari;

– kambag‘allikka qarshi kurash borasida mavjud tajribalarni qiyosiy tahlil qilish, bu borada partiya va fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olishga qaratilgan “Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi” mazusida davra suhbati;

– Strategiya doirasida belgilanan islohotlar natijadorligini ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilishga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: maqsadlar, yutuqlar va oldindagi marralar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

– Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi maqolalar turkumini chop etish.

6.                 

Mamlakatda aholi sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar, ilg‘or sog‘liqni saqlash tizimini yaratish

– bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazish ko‘zda tutilgan “Salomatlik sari” aksiyasi;

– chekka hududlardagi kam ta’minlangan oilalar uchun vrachlarning sayyor qabullarini tashkil qilish;

– mahalla va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinishini ko‘zda tutuvchi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi;

– sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlarning mohiyati, qo‘lga kiritilgan yutuq va istiqboldagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasimavzusida davra suhbati.

 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?