Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish
  • Bosh sahifa
  • #XalqBilanBirga
  • O'zLiDePning 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasi

O'zLiDePning 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasi

O‘ZLIDEPNING 2026-YILGA MO‘LJALLANGAN

ASOSIY TADBIRLARI REJASI

 

T/r

Tashkil etiladigan tadbirlar, o‘rganiladigan masalalar

Shakli, muddati va joyi

Hamkor tashkilotlar

I. AKSIYALAR, YIRIK TADBIRLAR

1.

Biznes vakillari tomonidan muayyan oilani 1 yil homiylikka olishni ko‘zda tutuvchi “Bir oila – bir homiy” aksiyasi

2026-yil

aprel

barcha hududlarda

Savdo-sanoat palatasi

2.

Raqamli iqtisodiyot asoslari kengayib borgan sari tug‘ilayotgan kiberxavflardan tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida o‘tkaziladigan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi

2026 yil
aprel-may barcha hududlarda

“O‘zinfokom”

3.

Biznes vakillari va volontyorlar tomonidan aholiga bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Yaxshilik marafoni”

2026-yil davomida har oyda bir marta o‘tkaziladi

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi

4.

Yolg‘iz keksalarga xizmat va moddiy ko‘mak ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Keksalarga mehr” aksiyasi

2026-yil

iyun

barcha hududlarda

Nuroniy

jamg‘armasi

5.

Turmush qiyinchiliklariga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Umid” aksiyasi

2026-yil

iyun-iyul

barcha hududlarda

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

6.

Qishloq xo‘jaligida yoshlarga bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha “Yosh fermerlar tajriba maktabi”ni o‘tkazish

2026-yil

iyun-iyul

barcha hududlarda

O‘zbekiston Fermerlar kengashi

7.

Respublika bo‘yicha bir kunda mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini o‘zida qamrab olgan “Bir kunda – 1000 kitob”  aksiyasi

2026-yil

iyul barcha hududlarda

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

8.

Mahallalar va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinib, biznes vakillari esdalik sovg‘alari topshirilishini ko‘zda tutuvchi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi

2026-yil

avgust
barcha hududlarda

O‘zbekiston mahallalari

uyushmasi,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

9.

Kam daromadli oilalarni barqaror daromad manbai (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali yoki oila a’zolaridan birini ishga joylashtirish) bilan ta’minlashga qaratilgan “Farovon oila” aksiyasi

2026-yil

avgust barcha hududlarda

O‘zbekiston mahallalari

uyushmasi,

O‘zbekiston Fermerlar kengashi

10.

Oilalarning doimiy daromad manbai bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” aksiyasi

2026-yil

avgust-sentyabr

barcha hududlarda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Respublika “Hunarmand” uyushmasi

11.

Xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash (oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik va boshqalar), shu asosda, ularning intilishlaridan kelib chiqib shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratib berishga qaratilgan “Farovon hayot sari” aksiyasi

2026-yil

avgust-sentyabr

barcha hududlarda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

12.

Yoshlar orasida qonuniy va xavfsiz migratsiya masalalari bo‘yicha keng tushuntirish tadbirlarini o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi “Xavfsiz migratsiya” aksiyasi

2026-yil

avgust-sentyabr

barcha hududlarda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

13.

Mamlakat iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi

2026-yil

avgust-oktyabr

hududiy va respublika bosqichlari

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

14.

Yoshlarning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash” aksiyasi

2026-yil

sentyabr-oktyabr barcha hududlarda

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

15.

IT va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha yoshlar uchun seminarlar tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi “IT va sun’iy intellekt yetakchilari” aksiyasi

2026-yil

sentyabr-oktyabr barcha hududlarda

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

16.

“Salomatlik sari” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP onkologik kasalliklarga qarshi kurashadi!” shiori ostida hududlarda xususiy klinika mutaxassislarini jalb qilgan holda bepul tibbiy ko‘riklar aksiyasi.

2026-yil

may va noyabr barcha hududlarda

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

17.

Bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi

2026-yil

noyabr

barcha hududlarda

Savdo-sanoat palatasi

18.

Tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratish va yoshlar, ayollar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan  “Bir jamoada” aksiyasi

2026-yil

noyabr-dekabr

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

19.

Nogironligi bor shaxslarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatadigan “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasi

2026-yil

noyabr-dekabr

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

20.

Imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlarni kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan “Inklyuziv xizmatlar yarmarkasi aksiyasi”ni o‘tkazish.

2026-yil

dekabr

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

21.

“Ogoh bo‘ling, is gazi!” aksiyasi

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan ushbu mavzu yana dolzarb bo‘lishini hisobga olgan holda o‘tgan kuz-qish mavsumida yaxshi natija bergan mazkur aksiyani davom ettirish rejalashtirilgan. Uning doirasida:

Is gazidan zaharlanishning oldini olish va isitish tizimlarining sozligini muntazam tekshirib, ta’mirlab borish hamda muqobil yechimlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida tegishli idora va tashkilotlar tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish;

Shuningdek xonadonlarga is gazini aniqlaydigan va xatardan ogohlantiradigan maxsus qurilmalarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

2026-yil

noyabr oyida start beriladi va kuz-qish mavsumi yakunigacha –

2027 yil

fevral oyigacha davom etadi. Respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

“Hududgazta’minot” AJ, viloyat va tuman hokimliklari

II. KONFERENSIYA, DAVRA SUHBATLARI VA FORUMLAR

22.

“Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi

2026-yil

davomida reja-grafik asosida hududlar kesimida

Mahalliy hokimiyat,

Yoshlar ishlari agentligi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

23.

“Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli jamiyat” mavzusida davra suhbati.

2026-yil

may

IT park

Raqamli texnologiyalar vazirligi

24.

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi

2026-yil

iyun

Mahalliy hokimliklar,

Yoshlar ishlari agentligi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

25.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

2026-yil

iyul

Toshkent shahri

Yoshlar ishlari agentligi

26.

“O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

2026-yil

iyul

Samarqand shahri

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

27.

“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

2026-yil

avgust

Buxoro shahri

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

28.

“Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi” mazusida davra suhbati

2026 yil

avgust

Toshkent shahri

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

29.

“O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati

2026-yil

oktyabr

Andijon, Qarshi va Toshkent shaharlari

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

30.

“Milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikning o‘rni va istiqbollari”mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi:

– hunarmandchilik sohasining hozirgi holati va istiqbollarini tahlil qilish;

– sohada tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish, eksport bozorlariga chiqish yo‘llarini muhokama qilish;

– hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy va institusional mexanizmlarni takomillashtirish;

– yoshlar va ayollarni hunarmandchilikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik bilan uyg‘unlashtirish;

– xalqaro tajriba va innovasion texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganish.

2026-yil

oktyabr

Qonunchilik palatasi

Savdo-sanoat palatasi, Moliya va iqtisodiyot vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

31.

19 noyabr – Xalqaro ayollar tadbirkorligi kuniga bag‘ishlangan “Tadbirkor ayollar Forumi”ni o‘tkazish.

2026-yil

noyabr

Toshkent shahri

Savdo –sanoat palatasi

 

32.

“Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbatlari.

2026-yil davomida alohida reja asosida

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

33.

25 noyabr Xalqaro tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot.

2026-yil

noyabr

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

III. JAMOATCHILIK VA PARLAMENT NAZORATI TADBIRLARI

34.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

2026 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni hududlar kesimidagi maqsadli ishlatilishi;

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali mablag‘larning ajratilishi;

haqiqiy ehtiyojdan hamda loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli banklar va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlanishi.

2026-yil

aprel-may

 

Jamoatchilik muhokamasi, deputat so‘rovi

 

Farg‘ona viloyati,

Qashqadaryo viloyati

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,

iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

35.

Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosini o‘rganish.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosi;

sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda davlat- xususiy sherikchiligini qo‘llash natijalari;

davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

2026-yil

may

 

Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi

Samarqand viloyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari

36.

Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:

- sanoatda «yashil sertifikat»lar bozorini rivojlantirish va «ekologik markirovkalash» faoliyati bilan tanishish;

- «Yashil energiya» texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarning elektr energiyasi iste’molini kamaytirish uchun takliflarni tayyorlash;

- elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish hisobidan nasos stansiyalarini muqobil energiyaga o‘tkazish.

2026-yil

iyun

Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi

Toshkent shahri

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari

37.

Turizmni rivojlantirish istiqbollari va hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar.

Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

– hududda ziyorat turizmi, gastronomiya, hunarmandchilik, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari, hamda ushbu imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

– transport-logistika imkoniyatlari, mehmonxonalar fondi, ularning sig‘imi, hududda axborot (Wi-Fi jamoat nuqtalari) imkoniyatlari;

– sohaning kadrlar bilan ta’minlanganligi: til ko‘nikmalariga ega kadrlar, gidlar tayyorgarligi, boshqa sohalarda kadrlarning yetarlilik darajasi. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi, malaka oshirishi, xalqaro sertifikatli kadrlar mavjudligi

– sayohatchilar xavfsizligi masalalari: sanitariya masalalari, oziq-ovqat xavfsizligi, turistik polisiya faoliyati, nogirolnligi bo‘lganlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, bolali oilalar uchun qulayliklar, valyuta ayirboshlash shaffofligi;

– o‘rganishlar asosida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish uchun takliflar tayyorlash.

2026 yil

iyun-iyul

 

Jamoatchilik eshituvi,

deputat so‘rovi

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,
Turizm boshqarmalari

38.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

- sohani rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar;

- ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, eng avvalo, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi;

- kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi.

2026-yil

avgust-sentyabr

 

Jamoatchilik muhokamasi, deputat so‘rovi

 

Jizzax viloyati,
Navoiy viloyati

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,

qishloq xo‘jaligi boshqarmalari,

iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

39.

Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash masalalari to‘g‘risida. Bunda,

2024-2026 yillarda hududda uy-joylar va ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi borasidagi ishlar tahlili nazarda tutiladi.

2026-yil oktyabr

 

Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ

40.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026-2027 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;

– kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xolati;

– ijtimoiy soha ob’yektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar.

2026-yil

sentyabr-oktyabr

 

Jamoatchilik so‘rovi, deputat so‘rovi

 

Toshkent viloyati,

Sirdaryo viloyati,

Andijon viloyati

Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ

41.

Kichik sanoat zonalaridan foydalanishning hozirgi ahvoli: ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari, to‘siq bo‘layotgan omillarni o‘rganish

Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

– kichik sanoat zonalarining yer maydonidan samarali foydalanish holati, bo‘sh yer maydonlariga tadbirkorlarni jalb qilish choralari va ularning samaradorligi;

– kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari ahvoli;

– kichik sanoat zonalari ishtirokchilari majburiyatlari;

– kichik sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish ko‘rsatkichlari tahlili.

2026-yil

noyabr

 

Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,

Kichik sanoat  zona direksiyasi

42.

Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar daromadliligi va davlat byudjetiga yukini o‘rganish.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

2026-2027 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan loyihalarning holati;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarining byudjet xarajatlariga ta’siri va salmog‘i.

2026-yil

noyabr-dekabr

Jamoatchilik monitoringi, deputat so‘rovi.

 

Xorazm viloyati,

Surxondaryo viloyati

Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari,

iqtisodiyot va moliya boshqarmalari

IV. MUNOZARA KLUBLAR

43.

Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, sohada startaplarni qo‘llab quvvatlash masalalari

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi muammolar va qonunchilikni takomillashtirish;

– moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 yillik strategiyani ishlab chiqish;

– banklar, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi tashkilotlar va startaplar o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish.

2026-yil

aprel

Markaziy bank,

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

44.

Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish samaradorligi

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– banklar tomonidan ajratilgan kreditlar samaradorligi;

– tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishda biznes-rejalar tahlili;

– kreditlarni qaytarishdagi muammolar va ularning sabablari tahlili.

2026-yil

aprel

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi

45.

Tadbirkorlik sohasida korrupsiya holatlarini bartaraf etish choralari

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– tadbirkorlik sohasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish;

– jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash va unga qarshi kurashish.

2026-yil

may

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

46.

Qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralari

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, yuqori natija omillarini tahlil qilish;

– sohadagi muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan takliflar;

– qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari.

2026-yil

iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Fermerlar kengashi

47.

Bino va inshootlarning sifatsiz qurilishi, qurilish nazoratidagi kamchiliklar hamda ob’yektlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– qurilish ob’yektlaridagi sifat va xavfsizlik holati;

– qurilish nazorati bosqichlarining samaradorligi;

– qurilish sohasida nazorat tizimini takomillashtirish.

2026-yil

iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

48.

Zamonaviy iqtisodiyotda bandlik masalasi va yo‘qotilayotgan kasblar tahlili

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– aholini zamonaviy kasblarga o‘rgatish va ularni ish bilan ta’minlash;

– yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sohada kadrlar tayyorlash;

– bandlikni ta’minlashda biznes bilan ijtimoiy hamkorlik.

2026-yil

sentyabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

49.

Xususiy ta’lim imkoniyatlari, sohadagi muammolar va istiqboldagi vazifalar

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– xususiy maktablar faoliyatidagi muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar;

– nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi muammolar va ularni hal etish usullari;

– maktab va oliy ta’limda xususiy sektorning ulushini oshirish imkoniyatlari.

2026-yil

sentyabr

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

50.

Tadbirkorlarning muammolari va ularni hal etish tashabbuslari

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarning samaradorligi;

– tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish;

– tadbirkorlar huquqlari va erkinlari kafolatlari.

2026-yil

oktyabr

Biznesombudsman, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

51.

Agroturizm imkoniyatlari va istiqbollari

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– hududlarning agroturizm imkoniyatlari;

– turistik imkoniyatlardan foydalanish va samaradorlik;

– sohadagi muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar.

2026-yil

oktyabr

Turizm qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

52.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026-2027 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili;

– kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xolati;

– ijtimoiy soha ob’yektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar.

2026-yil

noyabr

Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ

53.

Sun’iy intelektdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llashning ustuvorligi

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– dunyoda va O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari kirib borgan sohalar tahlili;

– sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish qaysi sohalar uchun zarur, mehnat unumdorligi va ish samarasini oshirishdagi o‘rni;

– sun’iy intelekt texnologiyalaridan foydalanishning standartlari va qoidalarini takomillashtirish.

2026-yil

noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

 

54.

Sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish

Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– sanoat zonalari faoliyatidagi mavjud muammolar;

– yer ajratish va undan foydalanish amaliyoti;

– direksiyalarning sanoat zonasi ishtirokchilariga nisbatan nazoratchi emas, ko‘makchi sifatida faoliyat yuritishi;

– sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatining ishonchli va kafolatli bo‘lishini ta’minlash masalalari tahlili.

2026 yil

dekabr

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

VFRAKSIYA TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN TADBIRLAR

55.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning bugungi  holatini o‘rganish.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

– tadbirkorlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash holati;

– tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning zamonaviy shakllarini joriy qilinishi;

– tadbirkorlarning soliq imtiyozlari prefensiyalardan foydalanish holati;

– tadbirkorlarning muhandislik infratuzilmasi va resurslar bilan barqaror ta’minlanishi.

Eshituv,

deputat so‘rovi

 

Toshkent shahri,

Sirdaryo viloyati

2026-yil

iyun

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

56

22 mart – «Butun jahon suv resurslar kuni»ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazish.

2026-yil

iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi 

57.

“Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

O‘rganish,

davra suhbati

Qonunchilik palatasi

2026-yil

noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

58.

Fraksiya a’zolarining hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar,

2026-yil davomida, har oyning so‘nggi haftasida

Mahalliy hokimliklar

59.

Saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish.

2026-yil davomida, har oyning so‘nggi haftasida

Mahalliy hokimliklar

60.

«Majburiy tibbiy sug‘urta tizimini ustuvorliklari: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

2026-yil

iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi 

61.

«Franchayzing, kapital bozori» sohasini rivojlantirish borasida fraksiya  eshituvi o‘tkazish.

2026-yil

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi

62.

«Jahon savdo tashkiloti –iqtisodiy integratsiya va zamonaviy tendensiyalar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

2026-yil

sentyabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi

63.

«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishi holatini hududlarga chiqqan holda o‘rganish.

2026 yil

oktyabr-noyabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi

64.

Energiya sohasidagi islohotlar va energiya tejamkorligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazish.

2026-yil

noyabr

Energetika vazirligi, Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi

65.

«Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, nasoslar samaradorligini oshirish va kanallarni  betonlash orqali suv yo‘qotilishini kamaytirishning dolzarb ahamiyati» mavzusida seminar o‘tkazish.

2026-yil

sentyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi

66.

«Yashil iqtisodiyot – barqaror rivojlanish garovi» mavzusida seminar o‘tkazish.

2026-yil

noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi,

Ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi 

67.

«Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari» mavzusida konferensiya o‘tkazish.

2026-yil

dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi

 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?