Farg‘onada “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilindi

08.10.2020, 17:39

Farg‘onada “Yoshlar qanoti”ning faoliyati  sarhisob qilindi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahrom Rahmonaliyev, partiyaning viloyat Kengashi apparat xodimlari, partiya tuman Kengashidagi “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashi a’zolari, Senat va Oliy Majlis huzuridagi Yoshlar parlamenti  a’zolari, xalq deputatlari, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik guruhi  a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda OAVlari vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiyada O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Javohir Shamsuddinovning “Yoshlar qanoti” faoliyatining o‘tgan yillardagi faoliyati sarhisobi tinglandi.

Unda ta’kidlanishicha, bungi kunda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tarkibida 50 ming nafarga yaqin a’zolar bo‘lib, ularning 15300 nafardan ziyodini yoshlar tashkil qiladi.

O‘tgan yillarda “Yangi avlod kadrlari” loyihalari orqali yigit-qizlarimizning intellektual salohiyatini namoyon etishga ko‘maklashildi. 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik haqidagi memorandum imzolanib, uning doirasida 1170 talaba to‘g‘risida ma’lumot shakllantirildi, shundan 795 nafari O‘zLiDeP tarkibiga qabul qilindi va 362 nafari partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi.

“Parlamentda mening o‘rnim” maqsadli loyihasi orqali yoshlarni parlament faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yangi qonun loyihalarini muhokama qilish va qabul qilish jarayoniga jalb etish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga erishilmoqda. Mazkur loyihada faol ishtirok etgan  190 nafar yigit-qiz partiyaning kadrlar zaxirasiga kiritildi.

Joriy yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati qoshida “Yoshlar parlamenti” tashkil etildi. Quvonarlisi, unda “Yoshlar qanoti”ning faollari ham yaxshi natijani qo‘lga kiritdilar.

Yoshlarni tadbirkorlik yo‘nalishiga jalb qilish bo‘yicha partiya tomonidan viloyatimizning 19 ta tuman(shahar)larida o‘quv seminarlar tashkil etilib, unga 900 yaqin yoshlar qamrab olindi. O‘quvlar davomida o‘zining aniq g‘oyasiga ega bo‘lgan yoshlarga o‘z biznes rejalarini tuzishlariga amaliy yordamlar berildi.

O‘quvlarda ishtirok etgan yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Start up” partiyaviy lo­yihasi doirasida 61 nafar yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan bir qator innovatsion va istiqbolli g‘oyalari qariyb 621 mln. so‘m miqdoridagi kreditlar evaziga moliyalashtirildi.

Shuningdek, “Kasbim faxrim” loyihasi doirasida Partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar rahbarlik qilayotgan ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab ularning talablari asosida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida mehnat yarmarkalari tashkil etilib unda 763 nafardan ortiq bandligi ta’minlanmagan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ishga joylashtirildi.

Shu kuni yoshlarning taklifi va qo‘llab-quvvatlashi bilan viloyatda “Yosh tadbirkorlar” va “Qizlarjon” klublari tashkil etildi. Bu klublar ham yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi alohida aytib o‘tildi.

Konferensiyada «Yoshlar qanoti»ning yoshlar bilan ishlash samadorligini oshirish va uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” va «Yoshlar qanoti» Jamoatchilik Kengashi tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Respublika «Yoshlar qanoti» Jamoatchilik Kengashi Konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, partiya safiga yangi qabul qilingan fuqarolarga a’zolik guvonomalari topshirildi.

Shohsulton To‘xtamatov,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+