34 mahallaning eng faol tadbirkor xotin-qizlari tanlovning tuman bosqichida ishtirok etadi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Zomin tumanida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi yakunlandi. Loyiha doirasida tumandagi 34 ta mahalladan faol tadbirkor xotin-qizlar saralandi. Dastlab “Navbahor”, “Xalqobod”, “Beshkubi”, “Gulshan”, “Nurlikent” va “Navoiy” mahallalarida tadbirkor ayollarning ish tajribasi, mahsulotlari va yaratgan ish o‘rinlari o‘rganildi.
Loyiha doirasida qo‘l mehnati, milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, qandolatchilik va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish qilib, tajriba almashdilar. Mazkur tadbir “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi oldidan muhim tayyorgarlik maydoni bo‘ldi.
Keyingi bosqichda tumandagi 34 ta mahalladan saralangan eng faol xotin-qizlar Zominning “Eng tadbirkor ayoli” nomonatsiyasi uchun kurash olib boradi.