4 nafar yoshning kontrakt puli qoplandi, bir fuqaroga bepul operatsiya uchun yo‘llanma berildi
O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida Nukus tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Sayyor qabul davomida ichimlik suvi, elektr ta’minoti, tibbiy xizmat, bandlik, imtiyozli kreditlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar ijroga olindi.
Jumladan, 4 nafar yoshning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovi qoplab berildi. Shuningdek, 1 nafar fuqaroga Samarqand viloyatida yuqori texnologiyali bepul tibbiy operatsiya o‘tkazish uchun yo‘llanma taqdim etildi.