71 nafar ayolni ishli qilgan tadbirkor Zilola Salimova mahallaning ishbilarmon ayoli bo‘ldi
O'zLiDePning “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Navoiy shahri “Bunyodkor” mahallasida ishbilarmon xotin-qizlar saralandi. "FAVORIT LYUKS SERVIS" MCHJ rahbari Zilola Salimovaning faoliyati sayyor tarzda o‘rganildi. Tadbirda partiya vakillari, mahalla faollari va tadbirkor ayollar ishtirok etib, korxonada yaratilgan ish o‘rinlari va boshqaruv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Zilola Salimova rahbarligida korxonada 71 nafar xodim mehnat qilmoqda, 200 dan ortiq turdagi shirinliklar ishlab chiqarilmoqda. Ishtirokchilar xizmat ko‘rsatish sifati, mehnat sharoitlari hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarga yuqori baho berdilar.
Uchrashuv davomida tadbirkor ayollarni huquqiy va amaliy qo‘llab-quvvatlash, biznesni kengaytirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi. Loyiha doirasida bunday tashabbuslar ayollar iqtisodiy faolligini oshirish va oilalar farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.