Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 13-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sohibqiron merosi yoshlar tarbiyasida muhim omil

13.04.2026
41

Jaloliddin Manguberdi nomidagi Harbiy-akademik liseyda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Sohibqiron izdoshlari — yurtimiz iftixori” mavzusidagi ushbu uchrashuvda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, jasorati va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Ularda Amir Temurning “Kuch — adolatda” degan shiori va uning hayot yo‘li ta’sirli tarzda yoritildi.

Shuningdek, tadbir doirasida kitob va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ishtirokchilar buyuk ajdodimiz merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?