Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 03-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Amudaryoda yana 5 ta oila yangi xonadonga ega bo‘ldi

03.11.2026
86

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Amudaryo tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom etmoqda.

Amudaryo tumanidagi 1-sonli texnikumda o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda 200 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, 70 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning ellikka yaqini joyida ijobiy hal etildi, ijtimoiy reyestrdagi 5 nafar xotin-qizga esa yangi xonadonlar kalitlari topshirildi. Yangi xonadon sohibalaridan biri Qurbonoy Ismailova ko‘rsatilgan yordam oilasi uchun katta quvonch bo‘lganini ta’kidlab, muammosini hal etishda ko‘maklashganlarga minnatdorlik bildirdi.

Qabulda bandlik, o‘zini o‘zi band qilish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mehnat yarmarkasi orqali 4 nafar yosh ishga joylashdi, tadbirkor va fermerlar ko‘magida 10 nafarga yaqin fuqaroni mavsumiy ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, 12 nafar fuqaroga mustaqil mehnat faoliyatini boshlashi uchun payvandlash uskunalari va burchakli silliqlagichlar topshirildi. Kontrakt to‘lovlarida yordam so‘ragan 6 nafar yoshga esa to‘lovning bir qismini qoplash uchun vaucherlar berildi.

O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparati rahbari Yaxshimurat Axmedovning ta’kidlashicha, yana 20 ta oilani ham yil yakuniga qadar yangi xonadon bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu borada qurilish ishlari tadbirkor va fermerlar ko‘magida davom ettirilmoqda. Amudaryodagi sayyor qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar va xususiy sektor hamkorligida ularga amaliy yechim topish imkonini bermoqda. Eng muhimi, ko‘rsatilayotgan yordamlar yangi uy-joy, ish o‘rni va mustaqil daromad manbai ko‘rinishida aniq natijalarga aylanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?