Asosiy kontentga o‘tish
Juma 12-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Bir kunda ming kitob” aksiyasi o‘tkazildi

10.06.2026
32

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Namangan davlat texnika universitetida “Bir kunda ming kitob” aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va kitobsevarlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida jurnalist va publisist Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” kitobi taqdimoti hamda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida yoshlar muallif bilan erkin muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?