Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bobur mahallasi tadbirkori Nargiza Jabborova mahsulotlari Fransiyada "brend" maqomini oldi

03.02.2026
98

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi mahallalardagi faol va tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Loyiha doirasida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Bobur” va “Gulchilar” mahallalarida tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi. Jarayonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Berdiyeva ishtirok etib, xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Bobur mahallasida yakka tadbirkor Nargiza Jabborova milliy uslubdagi kiyimlar tikib, 10 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Uning mahsulotlari xalqaro bozorga chiqib, Fransiyada “brend” maqomini qo‘lga kiritgan. Ayni paytda AQSH bilan hamkorlik shartnomasi imzolash arafasida.

“Gulchilar” mahallasida esa Sanobar Jumaniyazova rahbarligidagi “Gʻayrat-Mustafo” oilaviy korxonasi novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, bozorda o‘z o‘rniga ega.

Tanlov natijasiga ko‘ra, Nargiza Jabborova va Sanobar Jumaniyazova eng faol tadbirkorlar sifatida shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?