Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 08-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bosh qomusimiz — Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori

06.12.2025
61

Alfraganus universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O'zLiDeP fraksiyasi a’zolari, partiyaning siyosiy ta’lim markazi xodimlari, Toshkent shahar Kengashi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda Konstitutsiyaning yangi tahriri mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va huquqiy demokratik davlat barpo etishda qanday muhim ahamiyat kasb etayotgani haqida fikrlar bildirildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yangi Konstitutsiya xalqimizning yuksak intilishlari, orzu-umidlari va demokratik qadriyatlarining huquqiy ifodasidir.

Yig‘ilishda asosiy qomusimizda belgilab berilgan muhim yangiliklar — xususiy mulkning daxlsizligi, inson huquqlarining kafolatlari, adolatli ijtimoiy siyosat, jamiyatning islohotlar tashabbuskori sifatidagi o‘rni, yoshlar va oila siyosatiga oid normalar alohida ta’kidlab o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir yoshlar va jamoatchilikda Konstitutsiyamizga hurmat, huquqiy ong va madaniyatni yanada oshirishga xizmat qildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya esa Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam huquqiy zamini bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?