Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati tanqidiy sarhisob qilinyapti

11.03.2026
73

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan hududlardagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari boshlandi.

Jumladan, Bog‘ot tumanidagi “Ma’naviyat” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida ham yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotning 2025 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026 yil uchun rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi saylovi o‘tkazildi. Bog‘ot tuman Kengashi deputati Gulnora Baltayeva tomonidan Ruslan Otabayev nomzodi ilgari surildi va u partiya a’zolari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zLiDeP Xorazm viloyat hududiy partiya tashkilotida 13 ta tuman-shahar Kengashlari hamda 1279 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat yuritib, ular 178 mingdan ortiq partiya a’zolarini birlashtirgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?