Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida yoshlarning innovasion qurilmalari namoyish qilindi

10.04.2026
32

Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universitetida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulshana Xudoyarova va Aziza Aminova, universitet rahbariyati, partiya vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning amaliy qismida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini namoyish etishdi. Xususan, robototexnika xonalarida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovasion qurilmalar va texnologiyalar namoyish qilindi. Startap loyihalari taqdimotida ishtirok etgan yoshlar o‘z ishlanmalari bo‘yicha mutaxassislardan kerakli tavsiyalarni olishdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, “Bir kunda — 1000 kitob” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Jurnalistika fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan master-klassda esa mediasavodxonlik, axborot tarqatish madaniyati va zamonaviy jurnalistika bo‘yicha huquqiy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?