Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 28-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Durdona” loyihasi doirasida Shahrixondagi maktabda kutubxona tashkil etildi

27.02.2026
22

O‘zLiDePning “Durdona” loyihasi doirasida Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy kutubxona tashkil etildi. Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova tashabbusi va homiyligida amalga oshirilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va ma’rifiy muhit yaratildi. Kutubxona fondi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan boyitildi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan deputat kitobning inson hayotidagi o‘rni, ayniqsa yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatiga alohida to‘xtalib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat tashabbuslari bugun yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Tadbir “Kitob – ma’naviyat beshigi” mavzusidagi davra suhbati bilan davom etdi. Unda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, milliy adabiyot durdonalarini targ‘ib qilish va ma’naviy muhitni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuslar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish va Yangi O‘zbekiston poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?