Yoshlar parlamentining 150 nafar a’zosiga rasmiy guvohnoma va ko‘krak-nishonlar topshirildi
2020 yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tuzilgan Yoshlar parlamenti yoshlar uchun siyosiy-huquqiy bilimlarni oshirish, qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etish va jamiyat hayotida faol pozisiya egallash imkonini beradigan platformaga aylandi.
Shu bois joriy yilda o‘tkazilgan Yoshlar parlamenti saylovi misli ko‘rilmagan faollik bilan o‘tdi. Har bir o‘rin uchun o‘rtacha 64 nafar nomzod kurash olib borgani – bu institutga ishonch va qiziqish darajasining oshib borayotganidan darak beradi.
Bugun ana shunday yuksak ishonch va e’tirofga sazovor bo‘lgan Yoshlar parlamentining 150 nafar a’zosiga rasmiy guvohnoma va ko‘krak-nishonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Yoshlar parlamenti raisi va uning o‘rinbosarlari, qo‘mita raislari saylandi.