Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Faol va tashabbuskor ayollar saralanmoqda

11.07.2026
94

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Urganch tumanida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda tadbirkorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan Orzigul Saidova hamda Nodira Shermetova g‘olib bo‘lib, tuman bosqichiga yo‘llanma oldi.

Oq ariqlar mahallasida faoliyat yuritayotgan Orzigul Saidova tikuvchilik va hunarmandchilik yo‘nalishida ish olib bormoqda. U bugungi kunda 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Anjirchi mahallasi tadbirkori “Anaxon” xususiy korxonasi rahbari Nodira Shermetova esa shirinliklar syexini tashkil etib, 10 nafar ayolni ish bilan ta’minladi. Kelgusida u faoliyatini yanada kengaytirib, 15 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirgan.

Bu kabi tanlovlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faolligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?