“Farovon hayot sari” aksiyasi: xotin-qizlar bilan ochiq muloqot
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi hamda “Farovon hayot sari” aksiyasi doirasida Namangan viloyatida xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ishchi guruh korxonalarda bo‘lib, mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish sharoitlari, muammolari va takliflarini o‘rgandi. Shuningdek, ularning kasb-hunarga qiziqishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi va bandlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda oilalarni daromadli mehnatga yo‘naltirish, kasbga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bu kabi amaliy ishlar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.