Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Fermerlikka ilk qadam: Zarbdorda tajriba maktabi

11.07.2026
95

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida “Yosh fermerlar tajriba maktabi” aksiyasi tashkil etildi. Tadbir agrar sohaga qiziquvchi yoshlarni bir maydonga jamlab, ularning fermerlik va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Uchrashuv davomida tajribali fermerlar yoshlarga qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar hamda zamonaviy agrotexnologiyalar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, fermerlik faoliyatini samarali tashkil etish, bozor talabini o‘rganish va biznes reja asosida ish yuritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Mahorat darslari jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi, yerdan unumli foydalanish va qishloq xo‘jaligi sohasida shaxsiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Bunday aksiyalar yoshlarning tadbirkorlikka intilishini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va kelajakda zamonaviy fermerlar avlodini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?