Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Gʻallaorolda xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

16.07.2026
18

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi “Salomatlik sari” loyihasi asosida Gʻallaorol tumanining Xonimqo‘rg‘on mahallasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda yashovchi 30 nafar xotin-qiz malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ularga salomatligi bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Bu kabi aksiyalar aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?