Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 22-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” dasturi yoshlarning fermerlikka oid bilimlari mustahkamlashga xizmat qilmoqda

22.04.2026
32

Amudaryo tumanida “Yosh fermerlar maktabi” tashabbusi yoshlarni agrar sohaga jalb etish va ularni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘lmoqda. “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha orqali yoshlar fermerlikning nazariy asoslari bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egallamoqdalar.

Ayniqsa, “Mang’it invest plyus” korxonasi bazasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabiga aylandi. Zamonaviy issiqxona sharoitida ilg‘or texnologiyalar asosida mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan tanishish yoshlarda yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirmoqda.

Bunday amaliy loyihalar nafaqat bilim berish, balki yoshlarni ishlab chiqarishga yaqinlashtirish orqali ularning ishonchini oshirmoqda. Natijada, kelgusida qishloq xo‘jaligida raqobatbardosh, bilimli va faol yosh kadrlar safini kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?