Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 09-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

"Ishbilarmon ayol–2026": kogonlik tadbirkor ayollarning muvaffaqiyati e’tirof etildi

08.07.2026
91

O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan "Ishbilarmon ayol–2026" ko‘rik-tanlovining Kogon shahar bosqichida faol tadbirkor xotin-qizlar o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini namoyish etdilar.

Tanlovda ishtirokchilarning biznes yuritish mahorati, innovasion yondashuvi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligi hamda yangi ish o‘rinlari yaratishdagi hissasi baholandi. Gʻolib va faol ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovning faol ishtirokchilaridan biri, “Digos” MCHJ rahbari Nargiza Hasanova bu kabi loyihalar tadbirkor ayollar uchun katta rag‘bat bo‘layotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, tanlov nafaqat o‘z mehnati natijalarini namoyish etish, balki boshqa tadbirkorlarning tajribasini o‘rganish imkonini ham berdi. Bugungi kunda u tikuvchilik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalladagi yosh qizlarni kasbga o‘rgatishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Bunday tanlovlar xotin-qizlarning ishbilarmonlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning yutuqlarini keng targ‘ib qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?