Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Jizzaxda yoshlarni raqamli texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi

30.07.2026
91

Jizzax shahrida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “IT va sun’iy intellekt yetakchilari” aksiyasi tashkil etildi. Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Seminarda malakali mutaxassislar ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalari, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik va mobil ilovalar yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Amaliy mashqlar bilan boyitilgan darslar yoshlarda IT sohasiga qiziqishni yanada oshirdi.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan muntazam o‘tkazilayotgan bunday loyihalar yoshlarni raqamli texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishga, zamonaviy kasb egasi bo‘lishga va mamlakatimizda raqobatbardosh IT mutaxassislari safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?