Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 23-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Jizzaxdagi sayyor qabul: 73 ta murojaatdan 32 tasi joyida hal etildi

22.05.2026
96

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax shahrining “Kimyogar” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda shaharning 34 ta mahallasidan kelgan 200 nafardan ortiq fuqaroning 73 ta murojaati ko‘rib chiqildi.

Qabulda elektr energiyasi, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, bandlik, ko‘chatlarni sug‘orish tizimi, ishga joylashish va moddiy yordam kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Murojaatlarning 32 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, ayrim fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar deputatlar va mas’ul tashkilotlar nazoratiga olindi. Sayyor qabullar aholi muammolarini eshitish, tezkor yechim topish va xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlashning muhim mexanizmi sifatida davom etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?