“Keksalarga mehr” aksiyasi doirasida yolg‘iz keksa xonadoniga amaliy yordam ko‘rsatildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida tashkil etilgan “Keksalarga mehr” aksiyasi davomida partiya faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan Kogon tumanning Niyozxo‘ji mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksa Dilbar Rahmonova holidan xabar olindi. Xonadonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hovli hududi tartibga keltirildi, maishiy yumushlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, Dilbar buviga oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, samimiy suhbat o‘tkazildi. Aksiya davomida keksalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday xayrli tadbirlar jamiyatimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish hamda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.