Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kreativ tadbirkor Shaxribanu ming nafar shogird tayyorladi

20.02.2026
114

O'zLiDePning “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida Shumanay tumanida tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Loyiha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni saralab, ularning g‘oyalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Shunday faol yoshlardan biri Yusupbayeva Shaxribanu. U tikuvchilik, sartaroshlik va pazandalik yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, shu kunga qadar 1000 nafardan ortiq shogird tayyorlagan. Bugungi kunda esa zamonaviy resinart yo‘nalishini ham o‘zlashtirib, 25 nafar xotin-qizni bepul o‘qitmoqda va yana bir nechta yoshga ustozlik qilmoqda.

E’tiborlisi, Shaxribanu qaysi sohaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishni tez o‘zlashtirib, boshqalarga o‘rgatishni maqsad qiladi. Uning harakatlari nafaqat o‘zini, balki ko‘plab yoshlar va xotin-qizlarni daromadli kasb egasiga aylantirmoqda. Bunday kreativ va tashabbuskor yoshlar hudud taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgani alohida e’tirofga loyiq.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?