Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida yana 15 nafar yigit-qiz O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

19.03.2026
5

Toshkent shahrida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi, Olmazor tuman Kengashi hamda “Oltin qanot” volontyorlari hamkorligida “Kreativ tadbirkor yoshlar” va “O‘zLiDeP Yoshlar minbari” loyihalari doirasida tashkil etilgan seminar-trening yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turli startap loyihalar taqdim etilib, innovasion g‘oyalar va tadbirkorlik tashabbuslari muhokama qilindi. Shuningdek, 1 daqiqalik nutqlar orqali yoshlar o‘z fikrlarini erkin bayon etish, notiqlik mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning shaxsiy rivoji va liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda 40 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar faol ishtirok etib, o‘z g‘oya va takliflarini ilgari surishdi. Tadbir yakunida esa 15 nafar yigit-qiz partiya safiga qo‘shildi, faol qatnashgan ishtirokchilar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?