Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 21-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Limon yetishtirish va tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar tanlovning tuman bosqichida qatnashadi

21.05.2026
104

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyati Yangiariq tumanida o‘tkazilgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi mahallalarda tadbirkor va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Tanlovda faol ishtirok etgan Rajabgul Jumaniyazova va Muborak Judayberganova tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Qariyb 30 yildan buyon limonchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Rajabgul Jumaniyazova o‘z xonadonidagi issiqxonada yiliga 1 tonnagacha limon yetishtirib, oila daromadini oshirish bilan birga aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib, imtiyozli kredit asosida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Muborak Judayberganova bugungi kunda 16 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlashga erishdi.

Quvonarlisi, bu kabi mehnatsevar va ishbilarmon ayollarning safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu esa mahallalarda tadbirkorlik muhitini mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi esa fidoyi ayollarni kashf etish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishda samarali maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?