Mahallalarda bandlikni ta’minlayotgan tadbirkor ayollar
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi o‘rganishlar davomida Andijon tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlar faoliyati bilan tanishildi.
“Jahonobod” va “Zavroq” mahallalarida ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor ayollar nafaqat o‘z biznesini rivojlantirmoqda, balki mahalladagi ko‘plab xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlamoqda.
E’tiborli jihati, har bir tadbirkor kamida 15 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab, ularning daromad topishi va iqtisodiy faolligini oshirishga hissa qo‘shmoqda.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.