Marhamat tumanidagi sayyor qabulda 160 nafar fuqaroning murojaati tinglandi
Marhamat tumanida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda aholi murojaatlari tinglanib, bandlik, tadbirkorlik, kommunal xizmat, ta’lim va ijtimoiy himoyaga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Qabulda 160 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etib, ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiluvchi masalalar esa nazoratga olinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tadbir doirasida yoshlarga harbiy xizmat, haydovchilik va oliy ta’lim kontrakt to‘lovlari uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va saxovat qutichalari tarqatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng partiya faollari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Bu kabi amaliy ishlar aholi muammolarini eshitish va inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.