Mehr va e’tibor ulashgan “Yurakka yo‘l” aksiyasi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “VIQOR YUQORI GAZ” ICHK boshlang‘ich partiya tashkilotida “Yurakka yo‘l” aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda deputatlar va partiya faollari mehnat jamoasi bilan muloqot qilib, inson qadrini ulug‘lash, mehnatkashlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, mehnatda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Aksiya ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.