Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 20-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mirobod tumanida ishbilarmon ayollar saralandi

20.06.2026
93

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Mirobod tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda mahallalardan faol va tashabbuskor tadbirkor ayollar ishtirok etib, o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini namoyish qildi. Ishtirokchilarning mehnati, tashabbusi va yutuqlari munosib baholandi.

Yakunlarga ko‘ra, g‘oliblar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bunday tanlovlar xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznesdagi faolligini oshirish va yangi tashabbuslarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?