Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 07-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik deputat nogironligi bo‘lgan oilaning uyini ta’mirlab beradi

07.05.2026
63

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova saylovchilar bilan uchrashdi. Unda partiya vakillari, volontyorlar va mahalla faollari ishtirok etib, “Xalq bilan birga” dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Tadbir doirasida nogironligi bor Latif Turg‘unovning hovli-joyi tartibga keltirilib, og‘ir uy ishlarida ko‘mak berildi va xonadon obodonlashtirildi. Deputat kelgusida Turg‘unovlar xonadonini kapital ta’mirlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“Yaxshilik marafoni” doirasidagi bunday ishlar jamiyatda mehr-oqibatni mustahkamlab, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?