Asosiy kontentga o‘tish
Juma 11-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik tadbirkor 100 nafarga yaqin ehtiyojmand oila farzandlariga o‘quv qurollari va kiyim-kechak olib berdi

10.09.2026
18

Yangi o‘quv yili arafasida Yangi Namangan tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi, “Tadbirkorlardan bolajonlarga” xayriya aksiyasi doirasida ehtiyojmand oilalar farzandlariga ko‘mak ko‘rsatildi.
Yangi Namangan tumani Kengashi deputati, “Dentafill Mega Farm” rahbari Ahadxon Otaqo‘ziyev tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 100 nafarga yaqin farzandlariga maktab formalari, kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari va zarur anjomlar taqdim etildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalar xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari yetkazib berildi.
Bu tashabbusning ahamiyati faqat berilgan yordamning o‘zidagina emas, balki uning manzilli ekanida namoyon bo‘lmoqda. Yangi maktab formasi va o‘quv qurollari bolalarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlashiga xizmat qilsa, oilalarga yetkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari ularning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirishga ko‘mak beradi. Eng muhimi, bunday e’tibor orqali bolalar va ularning oilalari jamiyatdan chetda emasligini, ularning dardi va ehtiyojlari e’tiborda ekanini his qiladi.
Mehr va saxovatning qadri ham ana shunda — kichik ko‘ringan yordam kimningdir qalbiga ishonch, farzandining ko‘ziga quvonch olib kirishi mumkin. Tadbirkorlikning ijtimoiy mas’uliyat bilan uyg‘unlashishi esa jamiyatda o‘zaro ko‘mak va hamjihatlik muhitini mustahkamlaydi. “Xalq bilan birga” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunday manzilli tashabbuslar har bir bolaning ta’lim olishi va munosib kelajak sari qadam qo‘yishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib, bugungi mehr ertangi kunga qo‘yilgan sarmoya ekanini namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?