Asosiy kontentga o‘tish
Juma 03-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik yoshlar bilan muloqotda BMT minbaridan ilgari surilgan tashabbuslar muhokama qilindi

02.10.2025
74

Namangan davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalarga ta’lim sohasidagi islohotlar, startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun grant va stipendiyalar haqida ma’lumot berildi.

Alohida urg‘u Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan ilgari surilgan “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya” ishlab chiqish va BMTning yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakilini tayinlash tashabbuslariga qaratildi. Bu g‘oyalar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, bunday muloqotlar bilim va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?