Nukusda yoshlar uchun sog‘lom hayot aksiyasi tashkil etildi
“Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi Nukus davlat pedagogika institutida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda 500 dan ortiq talaba qizlar, professor-o‘qituvchilar va partiya faollari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga jalb etish va jismoniy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari va yugurish musobaqalarida faol qatnashdilar.
Aksiya davomida sog‘lom hayotning ahamiyati, sportning inson salomatligi va kayfiyatiga ijobiy ta’siri haqida fikrlar bildirildi. Talaba yoshlar bunday tadbirlar ularni birlashtirishi va sportga qiziqishni oshirishini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar munosib taqdirlandi. “Sog‘lom hayot marafoni” yoshlar orasida sog‘lom odatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus bo‘ldi.